No`xat

By J.Nazarov, shifokor, in 1991

Bundan o'ttiz bir yil burun, pul almashish arfasida, otam bilan uzoq Qarshi cho'lida no'xat ekkanimiz yodimda. Ro`zgorimizdan ortganini sotmoqchi bo`ldik. Narx-navoni surishtirsak, Qashqadaryoda behad arzonchilik no`xatga xaridor topish qiyin. Kattaqo`rgon tomonlarda durust emish, deb eshitdik va hosilimizni ikki-uch eshakka ortib Zarafshon sohillariga yo'l oldik. Eshitganlarimiz rost ekan. Molimizni bir pasda sotib bo'ldik. Qo`limiz dasta pul ko'rdi. Bilasizmi o'shanda muxatning kilosini qanchadan sotgan edik! Ellik tiyindan! Bu «eskisi » pul bo`yicha. Hozirgiga chaqsak — «5» (besh 1) degani.Yaqinda Toshkentning Chorsu bozorida no`xotga xaridor bo'ldim. Uning bir kilosini yetti sum, deyishdi. Sho`ro puli 140 barobar qadrsizlanibdi. Yuksalish shu darajada davom etsa, ertaga ro`zgorni qanday tebratamiz) ?