Ayol Dunyoni tebratar
1993 yil sentyabrida Anson Chan On Sang Gong Kongning Bosh kotibi etib tayinlangandi. Ayol kishi bunday masʻuliyatli vazifani uddalay olarmikan, degan shubha, gumonlarga borganlar talay edi. Ammo islohotlar yo’lida og'ishmay yuritilayotgan siyosat Bosh kotib haqidagi puch gaplar va xayollarga zarba berdi. Chan 190 mingdan ziyod aholiga rahbarlik qilishni o'z zimmasiga olgan birinchi xitoylik raxbar ayol edi. 1997 yilda Gong Kongning Xitoyga qo'shilishi haqida gaplar yuribdi. Shu bois ko’pchilikni Bosh kotibning ushbu qo'shilishdan keyingi mavqei qiziqtirmoqda. Baʻzilar Chan 33 yillik mustamlaka Maʻmuriyatidagi faoliyati natijasida inglizlashib ketgan Xitoy hukumati uni bu lavozimda qoldirmaydi, desa, boshqa birov- lar uning Xitoy anʻanalariga sodiq, xalqparvar rahbar ekanligini eʻtirof etishyapti. Uning Pekinda Xitoy tashki ishlar vaziri Qiyan Kichen bilan maxfiy uchrashganligi esa bir guruh siyosatdonlarning yana bir shov- shuviga sabab bo’ldi. Qolaversa, bu uchrashuvdan keyin ko'pchilik Chan ning o’z postida baribir qolajagini taʻkidlashmoqda. <<Xitoylik ekanligim bilan faxrlanaman. Qadriyat, urf-odatlarimizni qattiq hurmat qilaman. Orzuim Xitoyning ulkan muvaffaqiyatlarga yo'g'rilgan istiqbolini ko'rish. Shu jumladan Gong Kongning ham», deydi Bosh kotib.