Sumalak Ho sumalak
Kecha uziyam sumalakmisan zo’r sumalak bo’ldida. Rosti meni tanib qolgan talabalar “Ishqilib yana yozguvchilik qilgani kelmadingizmi?” deb so’rashdi. Yo’q, men atay sumalak pishirayotganlaringizni eshitib, sumalak yalagani keldim. Yozgani emas. Avvalgi safar yozgan bo’lsam ham aspirantlar uyi haqida bor gapni yozganman”,dedim.
Ex, yana qayoqdagi gaplarga, chalg’idim-a.
Voy, bo’y, qasira-qusur childirmaga barmoqlarini qarsillatib o’ynayotgan “Vatan”chi Nurbek Toshniyozmi? Yonidagi atlas ko’ylak, atlas lozimdagi hur pari kim ekan desam Hurliman ekan. Zavqimiz kelib qizlar bilan tezroq tomoshaga shoshildik. Bu yerda mendan boshqa mehmonlar ham talaygina ekan: Shoira opamiz Gulandom Tog’aeva, bo'lg'usi olima opamiz Lolaxon Ubaydullaeva, Toshkent davlat universitetining jurnalistika fakulteti talabalari sumalak pishirayotganini eshitib boshqa fakultetdan birin sirin kelib kapgirni olib, dilidagi eng ezgu niyatlarini aytib qozonni kovlab ketayotganlarning keti uzilmaydi. Hozircha shunday-da hali yarim kechasi bo'lsa, qozon faqat «fidoyi jurnalistlargagina qoladi.
Ie, anavi torini ko’tarib kelayotgan yigitcha kim bo’ldi endi. Qizlarning shivir-shiviridan darrov bilib oldim. Qodir baxshining o’g’li ekan. Baxshi yigitning titroq va dilga yaqin ovozi birpasda davradagilar yurak-yuragiga singiy boshladi.
Qayon boradirsan yigit,
Or uchunmi, yor uchunmi?
Boshlagan dostonini aytib bo’lgunicha baxshi yigit davradagi qizlarni kuzatib ulgurgan shekilli, ilhomi kelib “ana shu chiroyli qizlarga bitta bittadan terma aytsam” dedi. Bu gapdan yigitlar quvonib ketishdi. Zavqi balandroq yigitlar aytimlar davomida tez-tez qiyqirib turganida, ularni qizlar ham chin dildan qarsak chalib maʻqullashib turishdi.
Aytim aytib aylanaman,
Taʻrifiga qiynalaman
Guljamolning ro'mollari
Yuzin to’ssa ne qilaman
- Uyalib yuzini chetga burgan Guljamol beixtiyor ro’molini yanada papa qilib oladi. Baxshi birin-sirin qizlarni ham uyaltirib, ham quvontirib bo’lgach yigitlarga o’tdi:
Qayna, qayna, sumalag-ey,
Kovlab qo'llar uzildi.
Qo’lida qoshiq Xolyorboyning
Ishtahasi buzildi.
-Qo'llarida sigareta
“Pal Mall” mas “Xon” bo'lsa kerak.
Kashanda Arslon albatta,
O'zDEU dan olsa kerak.
• Kodir baxshining o’g’li topib-topib aytdida o’ziyam. Sumalakning tugunidan emas, uning aytimlaridan kulaverib ichagi uzilgan talabalarning ko’zlaridan yosh chiqib ketdi.
Fursati yetib va nihoyat diskoteka deganlari boshlanib ketdi. Kimdir «Og’abekni qo’ygin desa, yana kimdir “Zarubejdan bo’lsin” deb qichqira boshladi. Lekin baribir Og’abekning muxlisi ko’p ekan. Hech qachon bunaqa zo'r diskoteka bo’lmaganov.
Yotoq derazasidan kuy ohangiga oyoklarini o’ynatib tengdoshlarini ko’zlari yopib kuzatib turgan Sharifa: “Har kuni sumalak bo’lsaydi. Sumalak pishirish qanday yaxshi”, dedi.
- Ana shunday do’stlaring tayyorlagan sumalakni yalash undanam dedim men, “Yasha, do'stim!” — deydi Gulnoza qoidasiga binoan.
Men esa baribir yozguvchiligim tutib, garchi boshida yozmayman, deb ogohlantirgan bo’lsam-da, yozmasligimning iloji qolmadi. «O'zimizning sharqona yangi yilimizning bu quvonchu safolarini, shodligu tantanalarini yozmay bo’ladimi? Albatta, yozing, - dedi Muhabbat.
- Yaxshilab yozsangiz sizning tegishingizni ko'proq beramizda.
Tong otdi. Doshqozon to’la sumalakka asosiy javobgar Barno ko’ngli hijil! «Qanday bo’ldiykina. Ishqilib sharmanda bo’lmay-da. Filologlarnikidan shirin chiqsin-da». “Yetkazganingga shukur”, deya totib ko’rdimu: “Bunaqasi hech qachon bo’lmagan!” dedim. Siz ham tatib ko'ring-a.