Chavandoz Momo va uning polvonlari

By Mahmud Abulfayz, …, in 1996

Bundan ko’p yillar burun Termizga Turkmanistonning Xo’jamboz tumanidan o’n olti yoshli Tojixol Ravshanova degan zaifa kelin yostiqdosh bo’ldi. Ana shu kelin kuyovdan qolgani bir o’g’il — ismi Xudoyberdi bo’ldi. Vaqti zamoni yetdi - u bir o’g’lon bo’ldi, bir o’g’il edi, o'n o’g’ilning o’rnini bosdi. Yolg'iz o'g'il Xudoyberdiga Xudo berdi. O’ttiz yoshigacha kurash tushdi, bir necha martalab O’zbekiston chempioni bo’lgan zo'rlarning kuragini yerga tekkizdi.
Otasi vafot etganida Xudoyberdi hali sakkiz oylikni ham to’ldirmagan go’dak edi, Tojixol momo otasiz qolgan o’g’lini o'ksitmaslikka, uni barkamol qilib tarbiyalashga jon- jahd bilan intildi. Mushtipar ona maqsadiga yetdi. Bugun sakson besh yoshida ham tiyrak boqadigan, ko’zi o’tkir, xotirasi tiniq, gap-so’zidan adashmaydigan Tojixol momo yolg’iz o’g’lining iqboli, kamolini ko’rib, erta-kech Yaratgandan omonlik so'rab, o’g’il-nevaralariga, chevaralariga baxti butunlik tilab yashayapti. Momo o’tgan-ketgan gaplarni, voqea-hodisalarni xuddi ipga tizilgan marjondek qilib hikoya etadi.
Baʻzan turib-turib zerikaman. Shunda nevaralarimga “tezda otni egarlanglar, men Qoraqir tomonga aylanib kelayin”, deyman. Qoraqir deganim ham bizning uydan o’n kilometrlar chiqsa kerak. Otda aylanib kelamanda, ko'nglim ochilib ketadi. Jonivor, otning shamoli bir o’zgacha bo’ladi-ey.
Tojixol momoning “Ot minib aylanib kelaman”, degan gapiga salgina ishonqiramadik. Buyam bir hangoma bo’lsa kerakda, deb o’yladik. Xudoyberdi Mahmudov ziyrak odam, nazarimda u ko’nglimizdan kechgan fikrni angladi. O'g'li Jabborqulni chaqirib, “Tezda otni egarla, momongning ot minib qaqqayganini mehmonlar ham bir ko’rishsin. Hozir quruq gapga birov ishonmaydi, bolam”, dedi.
Birpasdan so’ng Jabborquli “Ota, otni tayyor qildim”, dedi. Hammamiz tashqariga yuzlandik. Sakson besh eshli momo otning yoniga bordi. Hali sovutilmagan ot o’ynoqlab turardi. Momo dadil harakat bilan otning egaridan tutib, uzangiga oyoq qo’ydi, ilkis egarga o’tirdi. Momo ot ustiga chiqqach, bir boshqacha bo’lib qoldi. Harakatlari tezlashdi, nigohlari teranlashdi. Momo ayni shu lahzalarda xuddi baland qoyaga qo'ngan burgutga o’xshardi. Oyog’ bir yerda turmayotgan otning yuganidan mahkam tortib, o’ziga bo’ysundirdi. Xudoyberdi og’a bizning hayratimizga sherik bo’lar ekan, so’radi: «Qalay, bizning momoy zurmi? Qoyilmisizlar?»
Tojixol Momo otta qanday yengil mingan bo’lsa, shunday osongina egardan tushdi. Momo gurung berdi. Momoni gapga tutdik. Momo asli o’zi kurashga muxlis ayol. Bu gap balki kimlargadir erish tuyular. Ammo aslida ham shunday. Momo bir zamonlar o’g’lining polvon bo’lishini, elga tanilishini qanchalik istagan, shunga harakat qilgan bo’lsa, bugungi kunda nevaralariga ham shunchalik hayrihoh, ularning polvonligiga astoydil muxlisdir. Muxlislik esa - hamisha ham oson emas ekan. Tojixol Momo shunday deydi:
• Bolam, polvonlik ham o'z-o'zidan bo’lmaydi. Xudoyberdiyam ishli odam. Tanish- bilishi, boradigan joyi ko’p, kunduzlari charchasa, tongda uxlab qoladigan odati ham bor. Men bo’lsa saharxezman. Tongda tahoratga turganimda nevaralarim, Xudoyberdi uxlab yotgan bo’lsalar, uyg’otaman. Hammalari birpasda turib kiyinishadi, mashq qilish uchun chiqib ketishadi. Nevaralarimning mashqini kanda qilganlarini hali bilmayman. Axir, shuning uchun ham ular polvonda, shuning uchun ham qayerga kurashga borishsa, nom olib qaytishadi-da. Ux- xu, polvon bulish osonmi sizga?! Ne- varalarim kurashga ketsa, ilhaq bu- lib kutaman. Ota-onasiyam menchalik intiq bo’lib kutmasa kerak.
Shunday mexribon, duoguy, muxlis momosi bo’lgan nevaralar maydonlarni zir titratmay kim ham titratsin!
***
Xudoyberdi og’a aytadi:
Eskilardan qolgan bir gap bor: “Molingni tishing borida ye!” Odam degan yigitlikda qiladigan ishini qilib qolishi kerak. Yigitlik deganingiz ko’klamning gulidek bir lahzalik ayyom. Shuning uchun bolalarimni ko’p urishaman: Bulsang, yigitning oldi, peshqadami bo'l, bo'lmasang, hech kimga ko’rinma! Xudoyberdi yana shunday deydi:
Xudo bergan to'qqiz o'g'il, uch kizim, o’n nevaram bor, o’g’illarimning to’rttovi kurash maydonlarida yurib, viloyatimiz, respublikamiz obrusi uchun kurashmoqdalar. Kichiklari esa hali qanot chiqarib ulgurishgani yo'q. Mayda-mayda davralarda, musobaqalarda kurash tushib, toblanishayapti. Ko’rasizlar, mana shu to'rtinchi sinfda o’qib yurgan Xolboy o’g’lim yelkasi yerga tegmaydigan polvon bo'ladi!
Xudoyberdi og'ani qayerda chempionat, turnir bo'lmasin, o'g'illari bilan birga o’sha yerda ko'rasiz. O’g’illarini kurashga yuborib, O’zi bir tomonda qololmaydi. Ham muxlisligi, ham otaligi uni kurash maydonlariga tinimsiz chorlab turadi. Davraning bir chetida ko’zlarini uzmasdan, haybat bilan turgan otasini har daqiqada his qilib turadigan bolalar esa sovrindor bo’lmasdan qaytmaydilar. Xudoyberdi og’aning o'z so'zlari bilan aytadigan bo’lsak, otaning shamoli boshqacha bo’ladi!
***
Mahmudovning katta o’g’li Maxtumquli ayricha polvon. Bu yil u yigirma sakkizinchi bahorni qarshilab turibdi. Shu yoshga qadar qanchadan-qancha sinovlarni boshidan o’tkazdi. Taʻbir joiz bo'lsa, sport uni majruxlikdan qutqazib qoldi.
Maxtumquli 1-sinfda o'qib yurgan paytida bir falokat bo’lib orqasi qattiq kuyib qoldi. 42 kun do’xtirda yotdi. Tojixol Momo 42 kun uxlamay karavotga suyangan ko’yi nevarasiga ko’z tikib o’tirdi. Maxtumquli omon qoldi. Lekin orqasida kuyuk- jarohat chuqur iz qoldirdi. Buning ustiga kuygan teri tortilib, bo’yni bilan yelkasi qariyib qo'shilib ketgan edi. Xudoyberdi og’a bir kun kelib o’g’lim aybli bo'lib qolmasin, deb o’ziga xos yo’l tutdi. Hadeb mashq qildirishning payida bo’ldi. Uni tinimsiz qumga solar, cho'miltirar, kechalari esa erinmasdan orqalariga quyruq yoki surtardi. Maktabni bitirganida Maxtumquli atigi 42 kilo tosh bosar edi. Sinfdoshlariga qaraganda ancha nimjon edi. Lekin otasi uni mashq qildirishda to'xtamadi. Bu orada tengdoshlari harbiy xizmatga ketishdi. Qarangki, xizmatdan qaytgan sinfdosh jo'ralari Maxtumqulini dastlab taniy olmadilar. Chunki Maxtumquli juda o’zgarib ketgan, vujudi tik tortib, sog'aygan edi.
O’n yildan oshdiki, Maxtumquli kurash tushadi. Necha martalab g’olib bo’ldi, momosini, ota-onasini, do’stlarini quvontirdi. U Moskva, Ukraina, Belorussiya, Ozarboyjon, Tulada bo’lib, oliy o'quv yurtlari talabalari o’rtasida o'tkazilgan musobaqalarda qatnashdi, sovrindor bo’ldi.
Maxtumquli polvonning tarjimai holida jozibali sahifalar ko’p. Qaysi bir yili uni Turkmanistonga to’yga taklif etishdi. Ota-bola to’y- to’ylab ketishdi. Katta to’y ekan. Polvonlarning sarasi yig’ilgan. Shu to’yda Maxtumquli o'n olti nafar polvon- ning kuragini srga tekkizdi. Unga qoyil qolmagan, kuchiga tan bermagan odam bo’lmadi. Ota-bola ortga qaytar bo’lishdi. Shunda ular borgan avtobusni odamlar qurshab oldilar. Xudoyberdi otadan iltimos qilishdi: «Shu mard o’g’lingizni bizda qoldiring. Biz ham elimizda shunday zo’r, pahla von bo’lishini istaymiz, yo'q demag!» Tabiiyki, bu taklif, iltimosga na Xudoyberdi og'a va na Maxtumquli rozi bo’lishdi. Xudoyberdi og’a aytdi: “Birodarlar, meni to’g’ri tushuning, ixtiyor menda emas. Qolaversa, Maxtumquli mening polvonim emas, u Surxondaryoning, O'zbekiston degan Mamlakatning polvonidir». Xudoyberdi og'aning ikkinchi o’g’li Jabborqul yigirma oltinchi bahorga peshvoz chiqayapti. Ko'plab musobaqa, turnirlarning sovrindori, g’olibi bo’lgan. Sambo va milliy kurash bo’yicha sport ustasi. Uning polvon sifatida qator fazilatlari bor. Chaqqon olishadi, mard turadi, raqibi qoshida har qanday holatda ham esankiramaydi, qo'rquvga tushmaydi. Ana shu sifatlari uchun otasi uni o’zgacha yaxshi ko'radi, qadrlaydi….
• Endi yigirma uchga kirgan uchinchi o’g’il Davlatgeldini ham bo'sh ko’rmaysiz. Maktabda o'qib yurgan paytida 1988 yilda Kalinin shahrida sambo kurashi bo’yicha o’smirlar o'rtasida o’tkazilgan “Yosh spartakchi” Bu tun ittifoq turnirida qatnashib, ikkinchi o'rinni olgan edi. Hozir esa Davlatgeldi katta sinovlarga, zo'r bellashuvlarga shaylanmoqda….
Ravshanbek Xudoyberdi Mahmudovning to'rtinchi o'g'li. O’rta maktabni o’tgan yili bitirdi. Kurash tushishlari yomon emas, balki u hali katta maydonlarni titratar, balki peshqadamlikda akalaridanda uzib
ketar.
Baxrombek, Xolboy, Mansurbek, Tohirbeklar maktabda o'qishadi. Ular ham qarab turishgani yo’q. Nasliga tortishdi, to’ylarda kurash bo’ladimi, yaqin-atrofda musobaqalar bo’ladimi, belni mahkam bog'lab, o'rtaga tushadilar.
Tojixol momo, Xudoyberdi og’a Mahmudovlar Xudo qarashgan odamlardan. Zero, har kimga ham Yaratganning o'zi qarashsin, hech kim bu dunyoda noumid bo’lmasin. To'qqiz polvonga momo bo’lish, to'qqiz birdek yo’lbars yanglig’ polvonga ota bo’lish balki mingdan bir, balki yuz mingdan bir odamga nasib etadigan baxtdir.